1

1 maydan "svet" va gaz tariflari o`zgaradi va ijtimoiy norma joriy etiladi

Jamiyat 16.04.2024, 16:52
1 maydan "svet" va gaz tariflari o`zgaradi va ijtimoiy norma joriy etiladi

2024 yil 16 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg`i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida” gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, yoqilg`i-energetika resurslarining 2024-2025 yillarda bosqichma-bosqich o`zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1 may sanasidan e`tiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste`molining bazaviy me`yorlari tasdiqlandi.

Joriy yilning 1 mayidan boshlab, elektr energiyasi narxi iste`molchilarning I va II guruhlariga kiruvchi qismiga o`zgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 1000 so`m hamda 900 so`mdan qolmoqda.

Iste`molchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko`p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste`molchilar uchun bir oydagi iste`moldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 225 so`m;
  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 450 so`m;
  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 675 so`m;
  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 787,5 so`m;
  • oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 900 so`mdan etib belgilanmoqda.

Qolgan maishiy iste`molchilar uchun esa bir oydagi iste`moldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 450 so`m;
  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 900 so`m;
  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 350 so`m;
  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 575 so`m;

oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 800 so`mdan etib belgilanmoqda.

Iste`molchilarning IV guruhi uchun ham narxlar o`zgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 900 so`mdan qolmoqda.

Qarorda tabiiy gaz etkazib berish narxidagi o`zgarishlar ham belgilangan.

Barcha iste`molchilar uchun to`lov miqdori o`zgarishsiz, ya`ni bir kubometr uchun 1 500 so`mdan qolmoqda.

Yirik ulgurji iste`molchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi o`zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 800 so`mdan qolmoqda.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Xususan, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi iste`moldan kelib chiqib tegishli narx belgilanmoqda.

  • oyiga 500 kub metrgacha – 650 so`m;
  • oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so`m;
  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so`m;
  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so`m;
  • oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste`mol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 so`mdan to`lashlari belgilanmoqda.

Mart – oktyabr oylarida iste`molchilar bir oydagi iste`molidan kelib chiqqan holda quyidagicha haq to`laydi.

  • oyiga 100 kub metrgacha – 650 so`m;
  • oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so`m;
  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so`m;
  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so`m;

oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste`mol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 so`mdan to`laydilar.

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to`lov 1 600 so`m etib belgilanyapti.

2024 yilning 1 iyunidan boshlab esa avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 1 800 so`mdan etkazib beriladi.

Qaror bilan 2025 yilning 1 aprelidan e`tiboran bosqichma-bosqich o`zgaradigan narxlar ham belgilab berilmoqda. 

Xususan, 2025 yil apreldan boshlab, elektr energiyasi narxi iste`molchilarning I guruhiga kiruvchi qismiga o`zgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 1 000 so`m etib belgilanyapti. II guruh iste`molchilar uchun ham bir kilovatt·soat elektr energiyasi 1000 so`mdan etkazib beriladi.

Iste`molchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko`p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste`molchilar uchun bir oydagi iste`moldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 300 so`m;
  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 500 so`m;
  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 750 so`m;
  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 875 so`m;
  • oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 000 so`mdan etib belgilanmoqda.

Qolgan maishiy iste`molchilar uchun esa bir oydagi iste`moldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 600 so`m;
  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 1 000 so`m;
  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 500 so`m;
  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 750 so`m;

oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 2 000 so`mdan etib belgilanyapti.

Iste`molchilarning IV guruhi ham keyingi yilning 1 aprelidan e`tiboran bir kVt·soat elektr energiyasi uchun 1 000 so`mdan to`laydilar.

Tabiiy gaz etkazib berish narxi esa quyidagicha o`zgaradi.

Barcha iste`molchilar uchun to`lov miqdori bir kubometr uchun 1 800 so`mdan etib belgilanmoqda.

Avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 2 500 so`mdan etkazib berilsa, issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari buning uchun 1 800 so`mdan to`laydilar.

Aholining kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun iste`mol qiladigan tabiiy gazi uchun narxlar o`zgaradi. Ya`ni, kelgusi yilning 1 aprelidan e`tiboran, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi iste`moldan kelib chiqib:

  • oyiga 500 kub metrgacha – 1 000 so`m;
  • oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 800 so`m;
  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 2 100 so`m;
  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 500 so`m;
  • oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste`mol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 so`m etib belgilanyapti.

Mart – oktyabr oylaridagi bir oylik iste`mol uchun esa quyidagicha haq to`lanadi:

  • oyiga 100 kub metrgacha – 1 000 so`m;
  • oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 800 so`m;
  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 2 100 so`m;
  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 500 so`m;

oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste`mol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 so`mdan to`laydilar.

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to`lov 2 000 so`m bo`ladi.

Aytish kerakki, qaror bilan 2024 yil 1 maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste`molining bazaviy me`yorlari ham belgilanmoqda.

Unga ko`ra, elektr energiyasi bir oylik bazaviy me`yori 200 kVt·soatni, tabiiy gaz uchun esa isitish mavsumida 500 kub metrni, boshqa mavsumda esa 100 kub metrni tashkil qilmoqda.

Isitish mavsumi Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr – fevral oylarini, boshqa hududlarda esa noyabr – fevral oylarini qamrab oladi.

Isitishdan tashqari mavsum Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida mart – sentyabr oylarini, boshqa hududlarda esa mart – oktyabr oylarini qamrab olishi nazarda tutilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1