AsosiyJamiyat

Amudaryoda kelinning sarpolari kuyovdan MIB orqali undirib berildi

'Amudaryoda kelinning sarpolari kuyovdan MIB orqali undirib berildi'ning rasmi

Amudaryoda MIB qizning dadasi olib bergan sarpolarni sobiq kuyovidan undirib berdi. Ular mol-mulkni qaytarish uchun sudga murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari bo`yicha Amudaryo tuman sudining 2023 yil 15 noyabrdagi ijro hujjatiga asosan da`vogar M.O.ga javobgar A.X.dan uning uyida turgan qarib 15 million so`mlik 46 xil sep mol-mulklarni olib berish belgilangan. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushib, bo`lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijroni ta`minlash maqsadida MIB Amudaryo tuman bo`limi xodimlari tomonidan javobgarning uyiga 2024 yilning 13 aprel kuni borilib, olib berilishi lozim bo`lgan qariyb 15 million so`mlik 46 xil sep mol-mulklar da`vogar M.O.ga olib berilib, sud qarori ijrosi amalda ta`minlangan.

    Boshqa yangiliklar