1

Davlat rahbarining so`zlari har birimizni sergak torttirishi kerak — Senat qo`mita raisi

Jamiyat 16.04.2024, 19:03
Davlat rahbarining so`zlari har birimizni sergak torttirishi kerak — Senat qo`mita raisi

Sal avval O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning ayni paytda jahonda bo`lib turgan tahlikali vaziyat xususida bildirgan fikri tarmoqlarda keng tarqaldi. 

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi raisi Kutbidin Burxanov davlat rahbari so`zlariga munosabat bildirdi.

“Haqiqatdan bugun jahonda nimalar bo`layotganini hatto siyosatdan ancha yiroq bo`lgan yurtdoshlarimiz ham yaxshi bilishadi. Olovi o`chmayotgan Ukarinadagi urush, musulmonlar qalbini parchalayotgan G`azodagi qonli vaziyat, hali ham payoniga etmagan Suriya, Iroq voqealari, Eronning Isroilga tahdidi, dunyoning turli burchaklarida sodir etilayotgan quparuvchiliklar... Eh afsuski sanasangiz sanog`iga etmaysiz. Eng achinarlisi bu urush olovlarida bolalar nobud bo`lyapti, tirik qolganlari ham bolalik baxti nima ekanligini bilmasdan, qalblarida nafarat, qo`llarida qurol bilan ulg`ayishmoqda.

Aslida atrofimizda tahlikalar ko`p, har soniyada farovon hayotimizni barbod qiladigan buzg`unchi kuchlar tahdid solib turadi. Faqatgina yurt posbonlarining mehnati,  mudofaa va xavfsizlik borasida amalga oshrilayotgan ishlar natijasida biz buni hatto payqamaymiz ham.

Prezidentimizning aytgan fikrlari har birimizni sergak tortishga, tinchlik degan ulug` ne`matning qadriga etishga undashi kerak”, - deya yozib qoldirdi senator.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1