1

Tadbirkorlar takliflari o`rganilib, chora-tadbirlar ishlab chiqiladi

Jamiyat 16.04.2024, 19:28
Tadbirkorlar takliflari o`rganilib, chora-tadbirlar ishlab chiqiladi

Ayni paytda bo`lib o`tayotgan yig`ilishda davlat rahbari tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, muloqotda tadbirkorlar:

- korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish;

- qo`shilgan qiymat solig`ini bir kunda qaytarish amaliyotini kengaytirish;

- bo`yalgan mato eksportini kengaytirish;

- eksportoldi kreditlar olishni soddalashtirish;

- to`qimachilik korxonalarining ob`ektlarini qurishda engillik berish;

- korxonalarning arzon moliyaviy resurslarga ehtiyojini qondirish;

- mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to`qimachilik mahsulotlarini ommalashtirish masalalarini ko`tardi.

Davlat rahbari bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o`rganib, tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligini ta`kidladi.

 

 


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1