AsosiyJamiyat

Turkiyada yashirinib yurgan o`zbekistonlik qidirilmoqda

'Turkiyada yashirinib yurgan o`zbekistonlik qidirilmoqda'ning rasmi

Fuqarolarning ko`p miqdordagi pul mablag`larini o`zlashtirishda ayblanib, bugungi kunda Turkiya hududida jinoiy javobgarlikdan yashirinib yurgan Atabaev  Fazlitdin Faxritdinovich  qidirilmoqda. Bu haqida O`zbekistonning Turkiyadagi Bosh konsulxonasi e`lon berdi. 

U 1986 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan.

Ushbu shaxs to`g`risida ma`lumotga ega bo`lganlardan Bosh konsulxonaga yoki O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berish so`ralmoqda.

"Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta`qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat`iy ta`minlanadi", - deyiladi e`londa.

 

    Boshqa yangiliklar