1

Prezident davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Jamiyat 17.04.2024, 12:51
Prezident davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19 aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo`ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo`shma tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Kun tartibidan O`zbekiston bilan Tojikiston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o`rin olgan.

Savdo, sanoat, qishloq xo`jaligi, energetika, transport va boshqa tarmoqlarda kooperasiya loyihalarini ilgari surishga alohida e`tibor qaratiladi, hududlar o`rtasidagi aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlarini kengaytirish masalalari ko`rib chiqiladi.

O`zbekiston va Tojikiston etakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Sammit yakunlari bo`yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to`plamini qabul qilish ko`zda tutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1