1

Farg`onadagi erfurushlar ashyoviy dalillar bilan ushlandi

Jamiyat 19.04.2024, 10:54
Farg`onadagi erfurushlar ashyoviy dalillar bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o`tkazildi. Bu haqida DXX Matbuot xizmati darakchi.uz`ga xabar berdi.

Jumladan, Quva tumanida yashovchi, 1977 yilda tug`ilgan, muqaddam sudlangan shaxs 2020 yilda tuman hokimining qarori asosida, o`zining qarindoshiga “Yoshlar mehnat guzari” bino-inshootlari qurish uchun ijara huquqi asosida berilgan 15 sotix er maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 25 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Uchko`prik tumanida yashovchi, 1959 yilda tug`ilgan shaxs 2016 yilda o`zining o`g`li nomiga tashkil etilgan bog`dorchilik yo`nalishidagi fermer xo`jalikka tuman hokimining 2019 yildagi qarori bilan sabzavotchilik-bog`dorchilik yo`nalishida foydalanish uchun ijara huquqi asosida qo`shimcha ravishda ajratib berilgan 10 gektar er maydonini xaridorga 30 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Toshloq tumanida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan, muqaddam sudlangan shaxs tuman hokimining 2017 yildagi qarori bilan o`z akasiga issiqxona va bog`dorchilik uchun foydalanishga berilgan 30 sotix er maydonidan 12 sotixini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 19,2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. 

Rishton tumanida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan shaxs davlat zaxirasidagi 12 sotix er maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 25 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1