AsosiyJAMIYAT

Bugun Hindistonda parlament saylovi boshlandi

Bugun, 19 aprel sanasida Hindistonda dunyodagi eng yirik parlament saylovlari boshlanadi....

Bugun, 19 aprel sanasida Hindistonda dunyodagi eng yirik parlament saylovlari boshlanadi. Bu haqda “RIO Novosti” ma`lum qildi.

Etti bosqichdan iborat ovoz berishlarda 968 mln nafar ro`yxatga olingan saylovchilar qatnashadi.

Ammo saylovlarning kattaligi faqat ovoz beruvchilarning ko`pligida emas, davomiyligida ham. Bosh saylov komissari Rajiv Kumar ma`lum qilishicha, Hindiston parlamenti quyi palatasiga saylovlar 19 apreldan 1 iyunga qadar davom etadi. Ovozlarni sanash 4 iyunda yakuniga etkaziladi. Ovoz berish Hindistonning barcha 28 ta shtati va 8 ta ittifoqchi hududini qamrab olib, 1 milliondan ortiq saylov uchastkalari ochiladi.

Parlament quyi palatasining hozirgi tarkibi vakolat muddati 16 iyunda tugaydi — yangi palata tarkibi ushbu sanaga qadar shakllantirilishi kerak.

Hindiston quyi palatasiga so`nggi saylovlar 2019 yilda o`tkazilgan. Ovoz berish 11 aprelda boshlanib, yakuniy natijalar 23 mayda e`lon qilingandi. O`shanda qatorasiga ikkinchi marta «Bxaratiya Janata» partiyasi g`alaba qozongan, uning etakchisi Narendra Modi yana mamlakat bosh vaziri lavozimini egallagandi.

Hozirgi saylovlarning muhim jihati ham shu — Narendra Modi uchinchi karra bosh vazir lavozimi uchun kurashmoqda. U hatto 2019 yilgidan ko`proq ovoz to`plashga intilmoqda va bunga ishonchi komil. Ekspertlar esa boshqacharoq fikrda — parlamentda muxolifatchilar soni ko`payishi mumkin, ammo bu etarli bo`lmaydi, «uloq» baribir Modida ketadi.

1 iyunda yakunlanadigan mazkur saylov dunyodagi eng uzoq vaqt davom etadigan siyosiy tadbir bo`ladi va unda bir milliardga yaqin saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.

Parlament saylovida amaldagi hukmron “Bharatiya janata parti” va unga asosiy muxolif siyosiy kuch bo`lgan “Hindiston milliy kongressi” partiyasi a`zolari asosiy raqobat olib boradi.

Hindiston parlament demokratiyasi joriy qilingan va dunyoda aholisi eng ko`p bo`lgan mamlakatdir. Parlamentning quyi palatasi – 543 o`rinli Lok Sabhaning amaldagi faoliyat muddati 16 iyun kuni tugaydi. Ushbu muddatgacha Lok Sabhaning yangi tarkibi shakllantirilishi va hukumatga keyingi 5 yilda rahbarlik qiladigan Bosh vazir nomi e`lon qilinishi kerak.

28 ta shtat va 8 ta ittifoq hududlarida ovoz berish jarayoni bir necha bosqichda o`tadi hamda ovozlarni sanash 4 iyun kuni yakunlanishi zarur. Saylovda 968 million nafarga yaqin saylovchi qatnashadi.

Boshqa yangiliklar