Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig`ilishida O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengash a`zoligiga qabul qilinganlari e`lon qilindi.
Islomiy fiqh akademiyasi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli akademiya a`zoligiga qabul qilish haqida qaror qabul qildi.
Unda ishtirok etayotgan dunyoning etakchi ulamolari Muftiy hazratlarini ushbu martaba bilan qutlab, O`zbekistondagi diniy-ma`rifiy sohadagi islohotlarni yuqori baholadilar.
Ta`kidlanishicha, shu paytga qadar ham Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Xalqaro musulmon ulamolari kengashi va Musulmon donishmandlar kengashi a`zosi sifatida nufuzli tadbirlardagi tashabbuslari musulmon dunyosi tomonidan qo`llab-quvvatlanmoqda.






