1

Bugun ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

Jamiyat 22.04.2024, 07:30
Bugun ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

"O`zgidromet" bugun, 22 aprel kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 23-25° bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston respublikasi, Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo`ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, cho`l hududlaring bazi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo`ladi. 

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`z joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo`ladi. 

Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo`ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo`ladi. 

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi (2000 m dan yuqorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 13-18° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1