1

Avliyo ota ko`chasining bir qismi 10 kunga yopildi

Jamiyat 22.04.2024, 09:45
Avliyo ota ko`chasining bir qismi 10 kunga yopildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi PQ-91-son Qaroriga asosan, Mirobod tumani iste`molchilarining elektr ta`minotini yaxshilash maqsadida, "Yuksak" va "Qo`qon" podstansiyasi oralig`idagi 110 kVli kabel tarmog`ini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Shu munsabati bilan, Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko`chasi hamda ushbu ko`chaning Nukus va KHAY ko`chalari bilan kesishmalari 22 apreldan boshlab 10 kun muddatga yopiladi. Bu haqida Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so`ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig`ida aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1