1

Buyuk Britaniya Ukrainaga rekord darajadagi yordam paketini taqdim etadi

Dunyo 23.04.2024, 19:53
Buyuk Britaniya Ukrainaga rekord darajadagi yordam paketini taqdim etadi

Buyuk Britaniya hukumati saytida e`lon qilingan xabarga ko`ra, bugun bosh vazir Rishi Sunak Polshaga tashrifi chog`ida Ukrainaga tarixiy rekord darajadagi yordam paketi ajratilishini e`lon qiladi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati saytida e`lon qilindi.

Ushbu mablag`lar Kiev uchun o`q-dorilar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va dronlarni operativ etkazib berishga yo`naltiriladi. Ukraina, shuningdek, 60 ta kater, 1600 dan ortiq havo hujumidan mudofaa raketalari, qo`shimcha Storm Shadow raketalari, 400 dan ortiq zirxli transport vositalari va to`rt millionga yaqin o`q-dorilar oladi.

Yangi yordam paketi bilan 2024 yilda Buyuk Britaniya tomonidan Ukrainaga ajratilgan mablag`larning umumiy miqdori 3,7 milliard dollarga etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1