1

Bugun Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun”

Jamiyat 24.04.2024, 07:38
Bugun Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun”

24-aprel, chorshanba kuni Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o`tkaziladi.

Bu O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida“gi Farmonida belgilab qo`yilgan. 

Aksiya doirasida Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va viloyat ijro hokimiyati organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar etkazmaydigan boshqa transport vositalaridan foydalanishadi.

“Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo`lmang va ekologik toza transport vositasini tanlang!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1