1

O`zbekistonda bir yarim mingga yaqin ayol haydovchi o`zini-o`zi band qilgan

Jamiyat 24.04.2024, 11:18
O`zbekistonda bir yarim mingga yaqin ayol haydovchi o`zini-o`zi band qilgan

2024 yil I chorakda davlat byudjetiga 40,3 trln so`m soliq tushumlari ta`minlandi va o`tgan yilning mos davriga nisbatan 106 % o`sdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi, deb xabar berdi Darakchi.uz muxbiri. 

Matbuot anjumanida Soliq qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari Mubin Mirzaev soliqtushumlarini undirishda uchrayotgan muammolar haqida gapirdi. 

“Dunyoda bo`layotgan geosiyosiy holatlar tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga salbiy ta`sir qo`rsatish bilan birga soliqlarni undirish oson bo`layotgani yo`q. 

Shunday qiyinchiliklar bo`lishiga qaramasdan tadbirkorlik sub`ektlariga soliq majburiyatlarini o`z vaqtida bajarayotgan soliq to`lovchilarga minnatdorchiligimizni bildiramiz”,– dedi Mubin Mirzaev.

Ma`lum qilinishicha, qo`shilgan qiymat solig`i stavkasi 2019-2023 yillardan 20 foizdan 12 foizga pasaytirildi va ko`pgina QQS soliq imtiyozlari bekor qilindi. Buning natijasida YaIMga nisbatan 1 foiz miqdoridagi davlat byudjetga tushishi lozim bo`lgan soliqlar tadbirkorlik sub`ektlari va axoliga qoldirildi. 

Shunga qaramay, ayrim QQS to`lovchi korxonalar tomonidan soliqlarni to`lashdan qochish maqsadida kirim qilinayotgan tovarlar tannarxini asossiz oshirib ko`rsatish yoki sotilayotgan tovarlar narxini bozor narxidan past narxda sotish, nomutanosib tovarlar realizasiyasini amalga oshirish, ustav kapitalini oshirish kabi turli sxemalar orqali soliqlardan qochish holatlari kuzatilmoqda. 

Yana bir jihat, bugungi kunda Soliq mobil ilovasida bepul ro`yxatdan o`tgan holda o`zini o`zi band qilgan fuqarolar yil sayin oshib bormoqda. Birgina taksi faoliyati bilan shug`ullanuvchi 481,4 ming nafar haydovchi ro`yxatda o`tib, daromad solig`idan imtiyozga ega bo`lgan. E`tiborlisi shundaki ularni 1500 nafarga yaqin ayol haydovchilar. 

213,1 ming nafari soliq organlari axborot tizimlari bilan to`liq integrasiya qilingan 6 ta onlayn-taksi agregatorlari orqali faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 2024 yilning o`tgan davrida to`langan soliqlar 20,4 mlrd.so`mni tashkil etgan. Ular ko`rsat har bir tashish xizmati uchun elektron fiskal chek shakllanmoqda. Fiskal chek berilishi hisobiga yil boshidan 866,3 mlrd so`m shundan, yanvar oyida 73,8 mlrd so`m, fevral oyida 159,4 mlrd so`m, mart oyida 414,1 mlrd so`m, aprel oyida 219 mlrd so`m daromadlari rasmiylashtirildi. Shuningdek, integrasiya qilish bo`yicha yana 125 ta agregatorga amaliy yordamlar ko`rsatilmoqda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1