1

Samarqandda noturar joy binosida yong`in chiqdi (video)

Jamiyat 24.04.2024, 14:38
Samarqandda noturar joy binosida yong`in chiqdi (video)

Samarqand viloyati Bulung`ur tumanida yong`in sodir bo`lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati FVB Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 24 aprel kuni tungi soat taxminan 2:23 atrofida Samarqand viloyati Bulung`ur tumani "Ulug`bek" MFY Uvaysiy ko`chasida joylashgan fuqaro O`.A.ga tegishli vaqtincha foydalanilmayotgan noturar binoda yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida tuman FVB ga xabar berilgan.

Shunga ko`ra, 2 ta yong`in qutqaruv ekipaji jalb qilinib, voqea  joyiga soat 02:42 etib borib, soat 03:56 da yong`in bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida binoning 50 kv.m maydonida ichki qismi va bino oldida bo`lgan Damas avtomashinasi yonib zararlangan va taxminan 50 kv.m maydoni yong`indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo`lish holatlari qayd etilmagan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1