AsosiyJamiyat

Kiprning O`zbekistondagi elchixonasiga yangi rahbar tayinlandi

'Kiprning O`zbekistondagi elchixonasiga yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

Kiprning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Kipros Yorgallis O`zbekiston TIV vaziri bilan uchrashdi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, O`zbekiston TIV vaziri Baxtiyor Saidov Kiprning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

"O`zbekiston va Kipr tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi muntazam muloqot tobora mustahkamlanib borayotgan munosabatlarga, ayniqsa, iqtisodiy yo`nalishdagi aloqalarga yangi sur`at bag`ishlaydi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar