Bosh prokuraturaning Darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, hodisa 22 aprel kuni Qorako`l tuman “Polvonlar” MFY “Polvonlar” qishlog`ida sodir bo`lgan.
Shu erda yashovchi 1990 yilda tug`ilgan marhuma ayolning turmush o`rtog`i 1975 yilda tug`ilgan erkak rashk zamirida ayol bilan janjallashib, unga oshxona pichog`i bilan bir necha tan jarohati etkazgan. Oqibatda, ayol vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Gumonlanuvchi prosessual tartibida ushlandi.