AsosiyJamiyat

Toshkentni larzaga solgan zilzila

'Toshkentni larzaga solgan zilzila'ning rasmi

1966 yil 26 aprel kuni soat 5:23da Toshkentda dahshatli zilzila sodir bo`ldi. Zilzila o`chog`idagi silkinish magnitudasi 5,2, episentrdagi er yuzasida seysmik ta`sir esa 8 balldan ortiq, chekka joylarda 6 ballni tashkil etdi.

Zilzilaning o`chog`i shaharning markaziy qismida nisbatan kichik chuqurlikda - er tagida 3 kmdan 8 kmgacha - bo`lganligi sababli zilzila shaharni to`liq vayron qilib yubormagan bo`lsada, 78 ming oila, yoki o`shanda poytaxtda istiqomat qilgan 1,5 millionlik aholining 300 mingdan ortig`i uysiz qolgan. Zilzila oqibatida 8 kishi halok bo`ldi va taxminan 200 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar