1

Bugun poytaxtdagi ayrim tumanlarda gaz o`chiriladi (ro`yxat)

Jamiyat 26.04.2024, 10:25
Bugun poytaxtdagi ayrim tumanlarda gaz o`chiriladi (ro`yxat)

Ta`mirlash ishlari tufayli Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug`bek va Olmazor tumanlarining quyidagi hududlariga 26 aprel kuni tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi. Bu “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar bermoqda.

Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Zarqurg`on”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, S-mavze, “Ko`tarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Mevazor”, “2-Qatortol”, “Yakkabog`”, “Qazirabod”.“Tirsakobod”, “Mehrijon”, “Katta Xirmontepa” MFYlaridagi 1963 ta erli xonadon va ko`p qavatli uylardagi 6858 ta xonadon.

Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Tepa Qo`rg`on”, “Ko`xna Cho`pontepa”, “Bog`obod”, “Bog`iston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFYlari, Uchtepa tuman 11–15, 21–26-mavzelari ko`p qavatli uylaridagi 7379 ta xonadon.

Mirzo Ulug`bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Temuriylar” MFYdagi 254 ta xonadon.

Olmazor tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha): “Qizg`aldoq” MFYdagi 260 ta xonadon.

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1