Madridning “Real” jamoasi forvardi Garet Beyl “Barselona”ga qarshi La Liga 14-turida maydonga tusha olmasligi mumkin, deya xabar bermoqda Sky Sports portali.
27 yoshli futbolchi “Sporting”ga qarshi (2:1) EChL 5-tur o`yinining 58-daqiqasida maydonni tark etgandi. Uchrashuvdan so`ng uelslik futbolchining o`ng oyog`i shikastlangani aniqlandi. U operasiya qilinishi ham mumkin.
Garet Beylning safga qaytish muddati noma`lum. Shu sababli, katta ehtimol bilan u 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan “El-Klasiko”ni o`tkazib yuboradi.