1

Poytaxtda yosh bolalar orasida tomoq og`rig`i avj olmoqdami?

Jamiyat 26.04.2024, 12:03
Poytaxtda yosh bolalar orasida tomoq og`rig`i avj olmoqdami?

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda yosh bolalar orasida tana harorati ko`tarilib, tomoq og`rig`i ko`paygani, natijada bolalar shifoxonasiga murojaatlar soni ortgani haqida videolavha tarqaldi.

Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, ushbu videoda aytilgan tibbiyot muassasasi Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo`lib, mazkur markaz 425 o`ringa mo`ljallangan.  

Muassasa kecha-yu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatadigan ko`p tarmoqli bolalar shifoxonasi hisoblanib, bu erda turli yo`nalishdagi, ya`ni nevrologik, jarrohlik, antirobik, travmotologik, neonatologik, oftalmologik va somatik kasalliklar bilan murojaat qilgan 18 yoshgacha bo`lgan bolalarga stasionar va ambulator tibbiy yordam ko`rsatiladi.

Shifoxonaga bir sutkada o`rtacha 300-350 nafar bemor murojaat qilib, ulardan 55-65 nafari stasionar yordam ko`rsatish uchun shifoxonaga yotqiziladi. Qolganlarga esa birlamchi tibbiy yordam ko`rsatilib, yashash hududi bo`yicha oilaviy shifokor nazoratiga yuboriladi.

- Bugungi kunda ushbu tibbiyot muassasasi qabulxonasiga faqatgina tana harorati ko`tarilishi yoki tomoq og`rig`i bilan emas, balki allergik toshmalar, ich ketishi, ko`z va qorin og`rig`i, chaqaloqlarning qulog`i og`rishi, bezovtalik, appendisit, disk churrasi kabi tashxislar bilan ham murojaat bo`lmoqda.  

Oilaviy poliklinikalar faoliyati ertalab soat 08.00 dan kechki 20.00 gacha davom etishini inobatga olsak, tungi payt bemor bolalarga tibbiy yordam olish uchun asosan bolalar shifoxonasiga murojat qilinadi. Natijada kechki vaqtda bemorlar soni birmuncha ortadi.

Bundan tashqari, poytaxtimizda respublika davolash muassasalaridan tashqari, bolalarga tibbiy xizmat ko`rsatuvchi 5 ta klinik va 5 ta yuqumli kasalliklar shifoxonasi tunu kun faoliyat yuritmoqda.  

 Shunday ekan ijtimoiy tarmoqlarda bolalar shifoxonasiga isitma va tomoq og`rig`i bo`yicha murojaatlar soni ortgani haqidagi xabarlar asossiz ekani ma`lum qilinadi, - deyiladi rasmiy munosabatda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1