1

O`zbekiston AQShning intellektual mulk huquqiga oid qora ro`yxatidan chiqarildi

Jamiyat 26.04.2024, 13:01
O`zbekiston AQShning intellektual mulk huquqiga oid qora ro`yxatidan chiqarildi

O`zbekiston Respublikasi intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi holati bo`yicha AQSh Savdo vakilligining (USTR) 301-maxsus hisobotidagi kuzatuvdagi davlatlar ro`yxatidan (qora ro`yxat) chiqarildi.

O`zbekiston 2000 yilda ushbu ro`yxatga kiritilgan bo`lib, 24 yildan buyon “kuzatuvdagi davlatlar ro`yxati”da qolayotgan edi.

Adliya vazirligining ma`lum qilishicha, muayyan davlatning “kuzatuvdagi davlatlar ro`yxati”ga kiritilishi unda intellektual mulkni himoya qilish bo`yicha jiddiy muammolar mavjud ekanligini ko`rsatadi hamda bevosita xorijiy korxonalar tomonidan investisiyaviy faoliyatni amalga oshirishda alohida e`tibor qaratiladi.

Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat O`zbekiston va Turkmaniston “kuzatuvdagi davlatlar ro`yxati”da qolib kelayotgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1