1

Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformasiya qilish jadallashtiriladi

Jamiyat 26.04.2024, 13:23
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformasiya qilish jadallashtiriladi

“Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformasiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-163-son 19.04.2024 y) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko`ra, quyidagilar tasdiqlandi:

Professional konsultantlarni jalb qilgan holda xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlari) ro`yxati;

Xalqaro fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o`tkaziladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ro`yxati;

Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (ulushlarini) xususiylashtirish oldi tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirishga mas`ul bo`lgan ishchi guruhlar (ishchi guruhlar) tarkibi.

Savdo jarayonlarini tashkil etish uchun professional konsultantlar jalb etilishi va davlat ishtirokidagi yirik korxonalar tomonidan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining barqaror ko`rsatkichlariga erishilishini muvofiqlashtirib borish ishchi guruhlarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi aksiyador bo`lgan davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash, ishonchli boshqaruvchilarni jalb etish va mazkur jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun xalqaro konsultantlar va yuridik xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar “UzAssets” investisiya kompaniyasi” AJ tomonidan jalb qilinadi.  

2024 yil 1 iyuldan, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda:

  • korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish uchun kuzatuv kengashiga bo`ysunadigan korporativ kotibiyat tashkil etiladi;
  • korporativ boshqaruvning yangilangan qoidalari va axloq kodeksi joriy etiladi;
  • kuzatuv kengashining bayonnomalarini masofadan axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish byulletenlari orqali rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1