1

Toshkent xalqaro aeroportida yangi yuk terminali quriladi

Jamiyat 26.04.2024, 18:01
Toshkent xalqaro aeroportida yangi yuk terminali quriladi

"Toshkent" xalqaro aeroportida yiliga qariyb 120 ming tonna yuk o`tkazish quvvatiga ega yangi majmua 5,2 gektar maydonda joylashtiriladi.

Ayni paytda qurilishi ikki bosqichda amalga oshiriladigan yuk terminalini loyihalash ishlari yakunlandi.

Birinchi bosqichda joriy yil oxiriga qadar umumiy maydoni 8 ming kv.m bo`lgan yangi yuk terminali, jumladan ma`lum bir harorat rejimini saqlashni talab qiladigan yuklar uchun 500 kv.m maydonda muzlatkich kameralari foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, import/eksport qiluvchi kompaniyalar xodimlari va vakillari uchun maydoni 3000 kv.m bo`lgan yangi ma`muriy bino quriladi.

Ikkinchi bosqichda 2025 yil oxiriga qadar 12 ming kv.m maydonga ega yangi yuk omborini qurish va foydalanishga topshirish, shu jumladan umumiy maydoni 1000 kv.m. bo`lgan har xil harorat sharoitlariga ega yangi zamonaviy sovitish va muzlatish xonalarini qurish rejalashtirilgan.

«Hozirda 1994-2000 yillarda qurilgan yuk terminali umumiy maydoni 3 gektarga yaqin bo`lgan 20 ga yaqin eskirgan kichik va o`rta ombor va ma`muriy binolardan iborat.

Yuk terminalining o`tkazish quvvati hozirda yiliga 30 ming tonnani tashkil etadi. Biroq 2024 yilda taxminan 67 ming tonna yuk va pochta jo`natmalari kutilmoqda. Bularning barchasi yuk terminalini kengaytirish va modernizasiya qilish zaruratidan dalolat beradi.

Yangi terminal zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi, bu esa yuklarga ishlov berish vaqtini qisqartiradi va havo tashuvchilarga umume`tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiq sifatli xizmat ko`rsatishni ta`minlaydi», — deya ta`kidladi «Uzbekistan Airports Cargo» MChJ mas`ul xodimi.

Yangi inshoot qurilishi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi «Fuqarolik aviasiyasi korxonalarini transformasiya qilish va qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-5100-son qarorining tegishli bandi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1