1

O`zbekistonda geologiya sohasiga har yili 1 trillion so`mdan mablag` ajratilmoqda

Jamiyat 30.04.2024, 08:52
O`zbekistonda geologiya sohasiga har yili 1 trillion so`mdan mablag` ajratilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoev 29 aprel kuni geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Mamlakatda geologiya sohasiga har yili 1 trillion so`mdan mablag` ajratilib, manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda. Natijada o`tgan yili tog`-kon sanoatida ishlab chiqarish hajmi qariyb 11 milliard dollarga etdi.

Lekin bu, asosan, qimmatbaho va rangli metallar yo`nalishida bo`lib, sanoat uchun muhim minerallar bo`yicha foydalanilmagan juda katta zaxira mavjud. Xususan, yurtimizda 32 turdagi shunday qazilma boyliklari bor.

Shu bois 15 yanvar kuni o`tgan taqdimotda davlatimiz rahbari bu yo`nalishdagi imkoniyatlarni ishga solish bo`yicha topshiriqlar bergan edi. Bugungi yig`ilishda shu borada boshlangan ishlar, reja va takliflar ko`rib chiqildi.

Bugun jahonda texnologik vaziyat tez o`zgarayapti. Elektromobil, “yashil” energetika, elektrotexnika sanoatida kamyob metallarga talab tobora ortib bormoqda. Shuning uchun so`nggi yillarda jahon bozorida molibden, tellur, selen, grafit narxlari keskin oshgan.

Prezidentimiz bu sohadagi ulkan imkoniyatlarni ko`rsatib o`tdi. Sanoat uchun muhim minerallar xomashyosi hamda ularning turini kengaytirish zarurligi ta`kidlandi.

Hozirda yurtimizda 6 turdagi shunday mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga qo`shimcha platina, indiy, vanadiy metallari hamda volfram, molibden, rux, marganes kabi minerallardan yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulotlar olish imkoniyati bor. Masalan, avvallari o`zimizda bo`lmagan kukun metallurgiyasida yiliga 300 million dollarlik, uskunalar va butlovchi qismlar yo`nalishida 100 million dollarlik qiymat yaratish mumkin.

Yaqinda Evropa Ittifoqi bilan muhim minerallar bo`yicha erishilgan kelishuv bu borada katta bozor ochadi.

Shulardan kelib chiqib, mutasaddilarga xorijiy ekspert va investorlar ishtirokida kamyob metallar bo`yicha 500 million dollarlik istiqbolli loyihalar dasturini shakllantirish topshirildi. Bu yo`nalishni ilm bilan rivojlantirish, shu maqsadda loyiha ofisi tashkil etib, etakchi institut va ilmiy markazlarni jalb qilish zarurligi ta`kidlandi.

Yig`ilishda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida qimmatbaho metallar zaxirasini ko`paytirish rejalari ham ko`rib chiqildi.

Mutasaddilar oltin zaxirasini va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlari haqida axborot berdi.

Prezidentimiz kombinatda ishlab chiqarish tannarxini 10-15 foizga pasaytirish, sanoat kooperasiyasi va mahalliylashtirish qamrovini kengaytirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi. Qimmatbaho metallar sohasida Ilg`or texnologiyalar ilmiy markazini tashkil qilish vazifasi qo`yildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1