1

Qozog`iston va Qirg`izistonda “O`lmas polk" yurishini o`tkazish taqiqlandi

Dunyo 02.05.2024, 12:21
Qozog`iston va Qirg`izistonda “O`lmas polk" yurishini o`tkazish taqiqlandi

Bu yil Qirg`izistonda “O`lmas polk” marshi bo`lmaydi, deb xabar qildi mamlakat IIV.

Qaror “jamoat xavfsizligiga mavjud tahdidlarni hisobga olgan holda” qabul qilingan.

Vazirlik aholi gavjum joylarda huquq-tartibotni buzish, jinoyat sodir etish xavfining oldini olish va bartaraf etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar ko`rilayotganini ma`lum qildi.

Ichki ishlar vazirligi qirg`izistonliklarni xavfsizlik choralariga tushunish bilan munosabatda bo`lishga chaqiradi.

Shuningdek, Qozog`iston prezidenti Qosim Jumart Toqaev kotibiyati ham barcha yirik shaharlar hokimliklariga 9 may kuni bilan bog`liq har qanday tadbirlarni, shu jumladan, "O`lmas polk" yurishini ta`qiqlash bo`yicha ko`rsatma yubordi.

Rossiyada ham xavfsizlik nuqtai nazaridan "O`lmas polk" yurishi bu yil o`tkazilmaydigan bo`ldi.

 


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1