1

Endi bola puli tayinlash onlayn amalga oshiriladi

Jamiyat 02.05.2024, 13:41
Teglar: bola puli, onlayn
Endi bola puli tayinlash onlayn amalga oshiriladi

Endi kam ta`minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin.

My.gov.uz orqali ko`rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam ta`minlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo`lgan talabgorlar foydalanishi mumkin.

Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to`lganga qadar), moddiy yordam 6 oy muddatga to`lanadi.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan.

Talabgorlar ushbu xizmatdan foydalanish uchun:

my.gov.uz da ro`yxatdan o`tishi;
tegishli xizmatni tanlashi;
undagi so`rovnomani to`ldirishi va yuborishi kerak.
Xizmatdan foydalanish bepul.

Ariza "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimi tomonidan o`rganiladi.

"Bunda ariza beruvchi oilasining har bir a`zosiga to`g`ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi. Shundan so`ng ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to`g`risida qaror qabul qilinadi. Va ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi", - deyiladi xabarda.

Sharhlar

14 yoshgacha bo`lgan bolalar va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o`rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi

11.08.2021, 17:20

Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:Amalda bo`lgan kam ta`minlangan oilalarga 14 yoshgacha bolalari uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o`rniga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1