AsosiyJamiyat

Ko`ksaroyda Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi boshlandi

'Ko`ksaroyda Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi boshlandi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev yig`ilishda jahonning etakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bo`lgan yaqin hamkorlarimiz va yangi sheriklarimiz ishtirok etayotganidan mamnunligini bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Kengash o`tgan davrda o`zining samarali faoliyatini yaqqol namoyon etgani ta`kidlandi. Kengash a`zolarining ko`magi va alohida e`tibori natijasida islohotlarimizga katta yordam beradigan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Ular ilgari surayotgan g`oya va tashabbuslar hayotimizning barcha jabhalarida faol tatbiq etayotganini ta`kidlab, Prezidentimiz investorlarga Yangi O`zbekiston taraqqiyotiga qo`shayotgan munosib hissasi uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, yig`ilishda davlat rahbari investorlarga O`zbekiston taraqqiyotiga qo`shayotgan munosib hissasi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida beqarorlik tobora kuchayib, energetika, oziq-ovqat sohalari va ekologik tizimda inqirozlar o`tkir tus olayotganiga e`tibor qaratdi. Bunday murakkab sharoitda bamaslahat, o`zaro kengashib, aniq amaliy qadamlar tashlansa, ko`zlangan yuksak marralarga, albatta, erishilishini ta`kidladi.

Hukumat hamda investorlar o`rtasida ochiq va samarali muloqotning yo`lga qo`yilgani barqaror iqtisodiy taraqqiyotning asosiy kalitidir. Shu sababli bugungi zamon bilan hamnafas qadam tashlab, o`z oldimizga aniq rejalarni qo`yishga va sa`y-harakatlarimizni yanada uyg`unlashtirishga chaqiraman, — dedi prezident.

Davlat rahbari kengash doirasida to`rtta yo`nalishda ishchi guruhlarni tashkil etish va ularni to`liq amalga oshirishda faol ishtirok etishga taklif etdi.

Birinchidan, kapital bozorini rivojlantirish. Bu yo`nalishda xorijiy investorlarning talablariga to`la javob beradigan xalqaro moliya markazini rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni keng jalb etishga asosiy e`tiborni qaratish lozimligi ta`kidlandi.

Ikkinchidan, mas`uliyatli biznes yuritish. Bu borada iqtisodiyot barqarorligi, shaffofligi va ochiqligini ta`minlashga qaratilgan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tegishli tamoyillarini keng joriy etish dolzarb vazifadir.

Uchinchidan, muqobil investisiyalarni rag`batlantirish. Bunda startap, innovasion loyihalar, birgalikdagi sarmoyalarni ko`paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Venchur investisiyalar to`g`risida”gi yangi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish katta ahamiyatga ega.

To`rtinchidan, investorlar bilan ishlash tizimini raqamlashtirish. Xorijiy investorlar bilan davlat organlari o`rtasidagi barcha xizmatlarni amalga oshirish uchun mukammal elektron platformani ishlab chiqish va amaliyotga keng joriy etish vaqti kelgani ta`kidlandi. Bu investorlarni qiynayotgan kompleks muammolarni o`z vaqtida va tizimli hal etishga imkon beradi.

    Boshqa yangiliklar