Samarqand shahrida 29 aprel kuni Cobalt mashinasi 15 yoshli o`quvchi qizni urib yuborgani, oqibatda qiz tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.
Soat 17:00 atrofida Samarqand shahri O`zbekiston ko`chasida Cobalt haydovchisi yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan 8 sinf o`quvchisi bo`lgan qizni urib yuborgan. Holat yuzasidan Samarqand shahar Ichki ishlar organlari tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilayotgan edi.
Ma`lumotlarga ko`ra, o`sha kuni Cobalt boshqaruvida 9 sinf o`quvchisi bo`lgan. U onasining mashinasini o`rtoqlari bilan ruxsatsiz olib chiqib ketgan va o`quvchi qizni urib yuborgan.