AsosiySiyosat

Toshkentda qaytganlarni reabilitasiya va reintegrasiya qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkaziladi

'Toshkentda qaytganlarni reabilitasiya va reintegrasiya qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yil 14 may kuni Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitasiya va reintegrasiya qilish masalalari bo`yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tadi.

Tadbir  Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 2022 yil 3-4 mart kunlari poytaxtimizda bo`lib o`tgan “BMT global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo`yicha Qo`shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy hamkorligi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ilgari surilgan tashabbuslar doirasida tashkil etilmoqda.

Ushbu konferensiya mintaqadagi davlatlar  o`rtasida  hamkorlikni yanada mustahkamlash bilan birga, soha yuzasidan o`zaro tajriba almashish imkonini beradi.  Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining hududda tinchlik va xavfsizlikni ta`minlash borasidagi qo`shma harakatlarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.


 

    Boshqa yangiliklar