AsosiySport
4537

Stol tennisi bo`yicha "Parij-2024" yo`llanmasi uchun bahslar boshlandi

'Stol tennisi bo`yicha "Parij-2024" yo`llanmasi uchun bahslar boshlandi'ning rasmi

Toshkentda stol tennisi bo`yicha "Parij-2024" lisenzion turniri boshlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, 19 mayga qadar davom etadigan musobaqada 5 mamlakatdan 18 nafar sportchi g`oliblik uchun kurash olib boradi.

Bugun turnirning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ayni paytda saralash bellashuvlari o`tkazilyapti. Dasturga ko`ra, ertaga saralash bosqichining so`nggi o`yinlari va chorak final bahslari, 19 may kuni esa yarim final va final bellashuvlari tashkil etiladi.

Eslatib o`tamiz, erkaklar va ayollar o`rtasida yakkalik dasturida o`tadigan musobaqada faqat g`oliblar Olimpiada yo`llanmasiga ega bo`lishadi.

Unda qatnashayotgan hamyurtlarimiz quyidagi guruhlardan joy olgan.

Erkaklar:

"V" guruhi: Shohruh Iskandarov (O`zbekiston), Noshad Alamiyan (Eron), Alisher Yakupbaev (Qirg`iziston).

"S" guruhi: Zohid Kenjaev (O`zbekiston), Nima Alamiyan (Eron), Alan Kurmangaliev (Qozog`iston).

Ayollar:

"A" guruhi: Rozalina Xodjaeva (O`zbekiston), Maxshid Astari (Eron), Saida Kudusova (Qirg`iziston), Sarvinoz Mirqodirova (Qozog`iston);

 "V" guruhi: Marhabo Magdieva (O`zbekiston), Anastasiya Lavrova (Qozog`iston), Neda Shaxsavari (Eron), Ayana Ulanbekova (Qirg`iziston).

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar