Buyuk Britaniyaning Vustershir grafligidagi Storport-on-Severn shahrida yashovchi egizak opa singillar o`zlarining bir asrlik tavallud ayyomlarini nishonlashdi va uzoq umr ko`rish sirlari bilan o`rtoqlashdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Ular uzoq umr ko`rishning asosiy sababi sog`lom ovqatlanish tartibiga rioya etish va mehnatsevarlik ekanligini ta`kidlashdi.
Iren Kramp (Irene Crump) va Fillis Djons (Phyllis Jones) 25 daqiqalik farq bilan dunyoga kelishgan. Ular 20 noyabr kuni tug`ilgan kunini nishonlashdi va bir asrdan beri bir-biridan ayro yashamaganliklarini ma`lum qildi. Egizaklar bitta maktabda o`qishgan, bitta korxonada mehnat qilishgan, bir joyda yashashgan va hech qachon bir-biridan uzoqda yashamagan. Hozirda ularga Jonsning 58 yoshli Karl ismli o`g`li g`amxo`rlik qiladi.
Iren va Fillis Buyuk Britaniyada yuz yoshga kirgan 6 juft egizaklardan biri hisoblanadi. Ularning Doroti ismli opasi ham bo`lgan, u 2006 yilda 92 yoshda vafot etgan.