Xitoyning Taychjou shahridagi avtomobil yo`llardan birini kengaytirish maqsadida qazish ishlarini olib borayotgan yo`l quruvchilari tobutni eslatuvchi tosh qutiga duch kelishdi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.
Bu tosh tobutning yoshi shaharning yoshidan ham katta ekanligini avvaliga quruvchilar anglashmadi. Tobut batamom kavlab olingandan keyin qo`shimcha yordam kerakligi tufayli arxeologlarga murojaat etishdi. Tosh tobut ochilganda, avvaliga uning ichida mato va tushunarsiz suyuqlik bordek tuyuldi. Sinchliklab razm solib, tekshirilganda u erda inson jasadi – mo`miyo yotganligi ma`lum bo`ldi.
Arxeologlar mo`miyo bundan 700 yil ilgari ayol bo`lganligini, qabrdan topilgan zargarlik buyumlari va jasad o`ralgan matoga qarab, ayolning Min sulolasiga tegishli ekanligi aniqlashdi.
Nafaqat ayolning tanasi, balki uning ustidagi kiyimlari ham oradan etti asr o`tganiga qaramay, yaxshi saqlangan. Diqqat bilan qaralsa, ayolning yuz tuzilishini ham aniq ko`rish mumkin.
Aksariyat odamlar Xitoyning AQShdan ko`ra yoshi ulug`ligini unutib qo`yishadi. Uning tarixi ming yilliklarga borib taqaladi. Bunday voqealarni Xitoyda ko`plab uchratish mumkin.
Tasavvur qilib ko`ring, har doim mashinangiz turadigan joydan 2000 yoshli mo`miyo topilib tursa! Bunaqasini boshqa joyda uchratish qiyin...