“Hududgaz Poytaxt”ning xabar berishicha, bugun - 4 iyun kuni Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug`bek, Sergeli va Yangihayot tumanlarining bir qator hududlarida tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi.
Quyidagi hududlarda tabiiy gaz vaqtincha to`xtaydi:
- Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Matonat” MFY;
- Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Labzak” MFY Bahor ko`chasi;
- Mirzo Ulug`bek tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha): Mirzo Ulug`bek, M.Riyoziy, S.Mashhadiy va Mahtumquli ko`chalari;
- Sergeli tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha): Sergeli 6a mavzesi, “Eshonbuloq” MFY Muqanna ko`chasi;
- Yangihayot tumani (soat 14:00 dan 17:00 gacha): “Yangi Darxon” MFY.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.






