AsosiyJamiyat

Zominda ultramarafoni bo`lib o`tdi

'Zominda ultramarafoni bo`lib o`tdi'ning rasmi

2024 yil 1-2 iyun kunlari “ZAAMIN ULTRA 2024” xalqaro ultramarafoni bo`lib o`tdi. U O`zbekiston Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi tomonidan tashkillashtirilgan “Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumiga debocha yasab berdi.

Poygada AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Malayziya, Rossiya, Qozog`iston, Turkiya kabi 20 ga yaqin mamlakatdan 2,100 dan ortiq sportchi ishtirok etdi.

“ZAAMIN ULTRA 2024” yo`lagi Zomin milliy tabiat bog`i hududi bo`ylab o`tib, 50K, 21K, 10K va 2K uzunlikdagi to`rt masofani o`z ichiga oldi.

50K masofada erkaklar o`rtasida 04:12:35 natija bilan Nurziyad Begaliev, ayollar o`rtasida 05:56:05 natija bilan Olga Popova g`olib bo`lishdi.

21K masofada erkaklar o`rtasida 01:35:53 natija bilan Artyom Sekachev, ayollar o`rtasida 01:51:46 natija bilan Aleksandra Cherkas zafar quchishdi.

10K masofada erkaklar o`rtasida 0:53:46 natija bilan Bekzod Pardaev, ayollar o`rtasida 0:59:48 natija bilan Aleksandra Kuznesova g`oliblikni qo`lga kiritishdi.

50K masofada bu yil rekord ham yangilandi: Nurziyad Begaliev masofani o`zidan avvalgi chopqirga nisbatan 12 daqiqa tezroq bosib o`tdi. Mutlaq hisobdan tashqari yosh toifalari bo`yicha ham g`oliblar taqdirlandi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlariga tashkilotchilar alohida e`tibor qaratdi. Zominning betakror manzaralarini asrab-avaylash tashabbusi doirasida poyga yakunida “plogging” (qisqa masofalarga yugurish barobarida chiqindilarni to`plash) tadbiri o`tkazildi, shuningdek, bir martalik stakanchalardan foydalanmaslikka qaror qilindi.

Marra maydonida “ZAAMIN ULTRA 2024” ishtirokchilari uchun medallar topshirildi. Bu yil medallar dizaynida Zomin milliy bog`ining betakror manzaralari aks ettirildi.

1 iyun poygalari arafasida ultramarafonining mehmonlari va ishtirokchilari uchun elektron musiqa konserti bo`lib o`tdi. Ochiq sahnada minglab tomoshabinlar qarshisida DJ Yo‘ldosh chiqish qildi, oqshom ko`rkiga esa ushbu maydonda ikkinchi bor ishtirok etayotgan “QARAQOOM” guruhi yanada ko`rk bag`ishladi.

“ZAAMIN ULTRA”ning uch yilligi sharafiga yopilish marosimi mushakbozlik bilan yakunlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar