1

“Mahallada duv-duv gap - 2” haqidagi tafsilotlar ma`lum qilindi

Shou-biznes 26.11.2016, 14:58
Teglar: Kino, Shou-biznes, Aktrisa, Film, Aktyor
“Mahallada duv-duv gap - 2” haqidagi tafsilotlar ma`lum qilindi

“Mahallada duv-duv gap”, “Sen etim emassan”, “Olovli yo`llar” kabi ko`plab kinofilmlarni tomoshabinlarga taqdim etgan, “El-yurt hurmati” ordeni va “Shuhrat” medali sohibi Shuhrat Abbosov rejissyorligida ishchi nomi “Mahallada duv-duv gap - 2” (“Ana syurprizu, mana syurpriz”) badiiy filmini tasvirga olish ishlari yakunlanib qoldi. Film “Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda. 

“Mahallada duv-duv gap - 2” kinofilmining asosiy voqealari Farg`ona viloyati (Farg`ona, Marg`ilon, Qo`qon shaharlari, Rishton, O`zbekiston tumanlari) va Toshkent shahrida tasvirga olindi. Bosh qahramon, mahalla fuqarolar yig`ini raisi – Xosiyat opa va uning uch nafar o`g`li atrofida ro`y beradigan voqealar orqali, umuman respublikamizda so`nggi yillarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, mahalliy aholi ongida ro`y bergan ma`naviy o`zgarishlar, ertangi kunga bo`lgan ishonchning ortishi jarayoni yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlanadi. 

Filmda bosh qahramon rolini Dilbar Ikromova, uning uch o`g`lini – yosh aktyorlar Erkin Bozorov, Sur`at Islomov, Abbos Ibragimovlar gavdalantirgan. 

Aktyorlar jamoasi tarkibida Husan Sharipov,Gulchehra Jamilova, Muqaddas Holiqova, Muyassar Berdiqulova, Madina Muxtorova, Valijon Shamsiev, Dilshodbek Kattabekov, Mohira Nurmatova, Shodiya To`xtaeva, Shirin Ismoilova, Laziza Nozimxonova, Zebiniso Holiqova, Kumush O`ktamova kabi o`nlab xalqimiz suygan ijodkorlar bor. 

Postanovkachi rejissyorlar – Shuhrat Abbosov va Nozim Abbosov. Ssenariy muallifi – Shoira G`iyosova. Ikkinchi rejissyor Farhod Xudoyberdiev. Tasvirga olish guruhi qariyb 50 kundan buyon s`yomka jarayonlarida mehnat qilishmoqda.

Film ijodkorlarining ma`lum qilishlaricha, kartinani Navro`z ayyomiga tuhfa qilish rejalashtirilgan.





Sharhlar

Ayni damda “Kinochilar uyi”da “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti boshlanish arafasida

22.12.2021, 17:56

Bugun, 22 dekabr kuni Kinochilar uyida O`zbekiston Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan an`anaviy “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti bo`lib o`tadi. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri...
DXXning 30 yilligiga bag`ishlab telekanallarda yangi film namoyish etiladi

26.09.2021, 14:30

Avvalroq bugun DXX xodimlarining 30 yillik tantanasi ekani haqida xabar bergan edik. Kinomotografiya agentligining qayd etishicha, sana munosabati bilan yangi "Mustahkam" filmi ishlab chiqilgan. Ma`lumotga ko`ra, mazkur...
"Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi

16.09.2021, 10:26

Kuni kecha adiblar xiyobonida O`zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqidagi "Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal...
“Soddadil” filmining s`yomka jarayonlari boshlandi

16.08.2021, 17:46

Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Soddadil” qisqa metrajli filmining s`yomka jarayonlari boshlandi.Bu haqda kinemotografiya agentligi axborot xizmati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1