AsosiyJamiyat

Tailand o`zbekistonliklar uchun viza rejimini bekor qilmaganmidi?

'Tailand o`zbekistonliklar uchun viza rejimini bekor qilmaganmidi?'ning rasmi

Avvalroq, Tailandga 60 kungacha vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar soni amaldagi 57 tadan 93 taga ko`paygani, 36 ta yangi davlatlar qatoriga O`zbekiston ham kiritilgani xabar qilingan edi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxonov bu ma`lumot bo`yicha izoh berdi.

“Ushbu masala bo`yicha mamlakatimizning Bangkokdagi bosh konsulxonasi Tailand Tashqi ishlar vazirligi bilan bog`landi. Tailand TIV Konsullik departamenti ma`lumotiga ko`ra, viza rejimining uzaytirilishi to`g`risida hozircha rasman hech qanday ma`lumot e`lon qilingani yo`q”, — deydi Axror Burxonov.

Tailand TIV mintaqaviy boshqarmasi ma`lumotiga ko`ra, viza tartibini soddalashtirish bo`yicha hukumat qarori mavjud va bu bo`yicha Konsullik departamenti tomonidan Tailandning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga tegishli yo`riqnoma yuboriladi va TIV saytida rasmiy ma`lumot chop etiladi.

“Shuningdek, bir tomonlama joriy etilayotgan viza rejimini soddalashtirish tartibi ma`lum muddatdan so`ng bekor qilinishi mumkin. O`zbekiston TIV Tailand tomonidan rasmiy nota olinishi bilan qo`shimcha xabar beramiz”, — dedi tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi.

    Boshqa yangiliklar