Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg`armasi ko`magida yuqori darajadagi Konferensiya o`tkazildi. Ushbu tadbirda O`zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoeva O`zbekistonning JSTga qo`shilish yo`lidagi qadamlari haqida so`z yuritdi.
“JSTga qo`shilish jarayoni o`ta murakkab ekanini tushunamiz. Hech bir davlat haqiqiy islohotlarsiz taraqqiyotga erisha olmaydi.
Maqsad faqat O`zbekistonning JSTga a`zo bo`lishigina emas. Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan mashaqqatli, ammo juda muhim islohotlar, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizni barqarorlashtirish, xalqimiz turmushini yaxshilashga qaratilgan.
Tashkilotga ham, butun dunyoga ham bizning ancha takliflarimiz bor. Iste`dodli va iqtidorli yoshlarga boy, Markaziy Osiyo mintaqasida aholisi eng tez sur`atlarda o`sayotgan mamlakat sifatida jahonga yangi g`oyalar, o`ziga xos tajribalar va xizmatlarni taqdim eta olamiz”, - dedi Mirziyoeva.