AsosiySiyosat

O`zbekiston va Xitoyning qo`shma rezolyusiyasi BMTda ma`qullandi

'O`zbekiston va Xitoyning qo`shma rezolyusiyasi  BMTda ma`qullandi'ning rasmi

2024 yil 7 iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi qarorgohida Bosh assambleya Xitoy Xalq Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan “Xalqaro sivilizasiyalar o`rtasidagi muloqot kuni” deb nomlangan rezolyusiyani bir ovozdan ma`qulladi.

Rezolyusiyaga 80 dan ortiq a`zo mamlakatlar, shu jumladan Markaziy Osiyoning barcha davlatlari, Armaniston, BAA, Bahrayn, Belarus, Eron, Indoneziya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Qatar, Rossiya Saudiya Arabistoni, Turkiya va Vengriya tomonidan hammualliflik qilgan.

Hujjat O`zbekiston rahbariyatining BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi (2023 yil) va ShHTning Samarqand sammitida (2022 yil) umumiy xavfsizlik va farovonlik yo`lida hamjihatlik ruhini yuksaltirish zarurligi, konstruktiv hamkorlikka intilish, shuningdek, tinchlik va barqaror farovonlikka erishish uchun xalqaro hamjamiyatlarning sa`y-harakatlarini safarbar qilish to`g`risida bildirilgan qarashlarini konseptual tarzda aks ettiradi.

    Boshqa yangiliklar