Biroz oldin Qozog`istonning Olma-Ota shahrida velosportning shosse yo`nalishi bo`yicha kattalar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida ayollar Elita toifasida individual vaqt poygasi bo`lib o`tdi.
20 km masofaga kechgan bellashuvda O`zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a`zolari Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova ishtirok etdi.
Quvonarlisi, poyga yakuniga ko`ra, Olga Zabelinskaya oltin, Yanina Kuskova esa kumush medalga ega chiqdi.
Olga Zabelinskaya (O`ZBEKISTON) - 28:07
Yanina Kuskova (O`ZBEKISTON) - 29:02
Rinata Sultanova (Qozog`iston) - 29:28.
Ma`lumot uchun, bugungi ishtiroki orqali Olga Zabelinskaya veloshosseda uch karra Osiyo chempioniga aylanib olgan bo`lsa, Yanina Kuskova ikkinchi bor qit`a birinchiligi sovrindoriga aylandi.
Shu tariqa, delegasiyamizning Osiyo chempionatidagi medallari soni 5 taga etdi: 1 ta oltin, 4 ta kumush.