AsosiyIqtisodiyot

O`zbekiston oltin zaxirasi may oyida 278 mln dollarga ko`paydi

'O`zbekiston oltin zaxirasi may oyida 278 mln dollarga ko`paydi'ning rasmi

O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari may oyida 1,5 mlrd dollarga oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma`lumot berdi.

Rasmiy zaxira aktivlar 1 iyun holatida 36,634 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu bir oyda 1,526 mlrd dollarga oshdi, deganidir.

Xalqaro zaxiralar o`sishida xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertasiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) o`tgan oyiga nisbatan 1,245 mlrd dollarga ortgani asosiy rol o`ynagan. Shunday qilib, valyutadagi aktivlar 1 iyun holatida 9,266 mlrd dollarga teng bo`ldi.

Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik hajmi qariyb 100 ming troy unsiyaga kamayib, 11,4 mln troy unsiyani tashkil qildi. Biroq, fizik hajmi kamayganiga qaramasdan oltin zaxiralar 278 mln dollarga ko`paygan va jami 26,812 mlrd dollarga teng bo`lgan.

Shuningdek, xorijiy valyutadagi boshqa aktivlar ham qaryib 50 mln dollarga ko`payib, 89,4 mln dollargacha etgan.

    Boshqa yangiliklar