AsosiyJamiyat

Samarqandda bog`chadagi terakni kesib tashlagan fuqaro qariyb 10 million so`m jarimaga tortildi

'Samarqandda bog`chadagi terakni kesib tashlagan fuqaro qariyb 10 million so`m jarimaga tortildi'ning rasmi

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Narpay tuman bo`limi davlat inspektorlari tomonidan tumanda daraxtlar kesilishi bilan bog`liq vaziyat o`rganildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.

O`rganishlar davomida fuqaro U.I. tumanning Islomobod mahallasidagi joylashgan 6-sonli davlat maktabgacha ta`lim muassasasi hududida sog`lom terakni kesib tashlaganligi ma`lum bo`ldi. 

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tabiatga etkazilgan 1 020 000 so`m zarar va BHMning 25 baravari, ya`ni, 8 500 000 so`m miqdorida jarima  qo`llanilgan. 

Eslatib o`tamiz, davlat o`rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga moratoriy joriy etilgan davrda tegishli ruxsatnomasiz daraxtlarni kesish qat`iyan man etiladi. Bunday huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori 5 barobarga, zarar miqdori esa 2 barobarga oshirilgan holda qo`llaniladi.

    Boshqa yangiliklar