Floyd Meyver bilan bo`lgan jangdan yaxshigina daromadni qo`lga kiritgan bokschi va siyosatchi Menni Pakyao o`zi tug`ilib o`sgan shaharning kambag`al oilalariga 1000 ta uy qurib berdi, deb xabar qildi “Daladno.me” nashri.
Menni Pakyao vatanida nafaqat mashhur bokschi, balki siyosatchi sifatida ham nom qozongan. U o`zining Facebook sahifasida hamyurtlariga yordam berish imkoni tug`ilganidan mamnunligi haqida yozdi.
Uning bunday qarorga kelishiga Flod Meyver bilan bo`lgan jangdan tushgan daromad sabab bo`ldi. U mablag`ning bir qismini kambag`al oilalarga berishni o`zining burchi, deb hisobladi.






