AsosiySiyosat

Prezident Shavkat Mirziyoev muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

'Prezident Shavkat Mirziyoev muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 15 iyun kuni, muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.

Qur`on tilovat etilib, duo o`qildi.

Ulamolar bilan bo`lgan suhbatda ilm-ma`rifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarni vatanparvarlik va shukronalik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash haqida so`z yuritildi.

Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu erdagi qurilish-pardozlash ishlari ko`zdan kechirildi.

Shu bilan Prezidentimizning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga jo`nab ketdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar