Xalqaro qilichbozlik federasiyasi(FIE )ning amaldagi prezidenti Alisher Usmonov mazkur lavozimga to`rt yil muddatga qayta saylandi, deb xabar beradi “TASS”.
Usmonov Moskvada o`tkazilgan kongressda mazkur lavozimga ko`rsatilgan yagona nomzod bo`ldi.
“Alisher Usmonov barcha delegatlarning roziligi bilan Xalqaro qilichbozlik federasiyasi rahbari etib tayinlandi. Reglamentga ko`ra, agar lavozimga faqatgina bir nomzod ko`rsatilsa, ovoz berish jarayoni o`tkazilmaydi”,—deyiladi xabarda.
Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasini 2008 yildan beri boshqaradi.





