AsosiyJamiyat

Toshkentliklar besh oy ichida dori vositalari uchun 2,1 trln so`m xarajat qilishgan

'Toshkentliklar besh oy ichida dori vositalari uchun 2,1 trln so`m xarajat qilishgan'ning rasmi

O`zbekistonda ilk marta soliq organlari fiskal cheklar bo`yicha dori vositalari savdosi haqidagi ma`lumotlar ochiqlandi. Bu haqda Soliq qo`mitasi ma`lum qildi.

Harid qilingan dori vositalari uchun iste`molchilarga berilgan fiskal cheklarda ko`rsatilgan MXIK asosida aholining tibbiy preparatlar uchun qancha mablag` sarflayotgani to`g`risida ma`lumotlar shakllanadi. 

Joriy yilning 5 oyida dori vositalari uchun eng katta xarajatlar Toshkent shahri (2,1 trln so`m), Samarqand (986,9 mlrd so`m) va Toshkent viloyatlarida (663,4 mlrd so`m) qayd etilgan.

Poytaxt ko`rsatkichlari yirik tibbiyot muassasalarining aynan ushbu hududda joylashganligi hisobiga shakllangan.

Respublika hududlari kesimida eng kam xarajatlar Jizzax (201,3 mlrd so`m), Navoiy (191,6 mlrd so`m) va Sirdaryo (170 mlrd so`m) viloyatlariga to`g`ri kelgan.

Yuqoridagi raqamlar va har bir hududda ro`yxatga olingan aholi sonidan kelib chiqqan holda yil boshidan o`rtacha bir kishi dori vositalariga:

Toshkent shahrida – 750 ming so`m;

Buxoro viloyatida – 277 ming so`m;

Samarqand viloyatida – 245,1 ming so`m sarflagan.

Yanvar-may oylarida aholi jon boshiga nisbatan kamroq xarajatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Qashqadaryo viloyatida – 120 ming so`m;

Qoraqalpog`iston Respublikasida – 118 ming so`m;

Surxondaryo viloyatida – 114 ming so`m.

Fiskal cheklar ma`lumotlari tahliliga ko`ra, eng ko`p mablag` quyidagi kasalliklarni davolash uchun mo`ljallangan dori vositalariga sarflangan:

1. yurak-qon tomir kasalliklari;

2. infesion kasalliklar;

3. og`riq qoldiruvchi vosita;

4. asab tizimi kasalliklari;

5. oshqozon-ichak kasalliklari;

6. nafas olish yo`llari kasalliklari;

7. tayanch-harakat tizimi;

8. tomoq-burun kasalliklari;

9. jigar kasalliklari.

    Boshqa yangiliklar