Filippinlik baliqchi bundan o`n yillar ilgari og`irligi 34 kilogramm bo`lgan marvaridni dengizdan olib chiqqan edi, deb xabar berdi “Rrikolno.cc” nashri.
Bu marvarid shu kungacha topilgan marvaridlar ichida eng yirigi bo`lib, baliqchi qanchalik qimmatbaho topilmani qo`lga kiritganini anglamagan va uni yillar davomida karavoti tagida saqlab kelgan. Ammo shu yil baliqchining uyida yuz bergan yong`in tufayli marvarid joyini o`zgartirishga majbur bo`ldi.

Bunday qimmatbaho topilmani ko`rgan klerklarning tili kalimaga kelmay qoldi. Marvaridning bo`yi 66 santimetr, eni 30 santimetr bo`lib, og`irligi 34 kilogramm chiqdi. Bu topilma dunyodagi eng katta marvarid deb tan olingan, og`irligi 6,4 kilogramm, narxi 35 million dollar bo`lgan Lao Szi marvarididan ham ulkandir.
Ayni kunlarda mahalliy hukumat vakillari marvaridning qimmatbaholigini tasdiqlash uchun gemmologlarning rasmiy tasdig`ini kutmoqda. Hozircha ekspertlarning xulosasi chiqqunga qadar marvarid Puerto Prisessa shahrida ommaga namoyish etish uchun ko`rgazmaga qo`yilgan. Hukumat vakillari marvaridni tomosha qilish uchun sayyohlar oqimining ko`payishiga umid bog`lamoqda.

Zargarlarning izoh berishcha, bunday marvariddan zeb-ziynat, taqinchoq emas, balki muzey eksponatini tayyorlash mumkin ekan. Boshqa toshlardan farqli ravishda marvaridni mayda bo`laklarga bo`lib bo`lmaydi.






