AsosiyJamiyat

IIB binosiga olib ketilgan shaxsning o`limi holati o`rganilmoqda — Ombudsman

'IIB binosiga olib ketilgan shaxsning o`limi holati o`rganilmoqda — Ombudsman'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan IIB binosiga majburiy olib ketilgan aka-uka Dilmurod va Dilshod Yusupvalievlarga nisbatan kuch ishlatilganligi holati o`rganilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB rasmiy munosabatida marhumning IIB binosiga kirish yo`lagida sog`ligi yomonlashib hushini yo`qotgani, u shahar shifoxonasiga olib borilgani va ko`rikdan o`tkazilgan vaqtida vafot etganligi qayd etilgan.

Hozirda fuqaroning o`limi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanlangan.

Holat Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan o`rganilmoqda.

Hozirda ushbu holat bo`yicha Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila a`zolari bilan uchrashib, taziya bildirdi. Mazkur holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga  Ombudsmanning nazorat xati yuborildi.

Ombudsman ushbu holatni qonun talablari doirasida ko`rib chiqilishi, voqeaning barcha jihatlarini ochiq va adolatli surishtiruvini ta`minlashni so`raydi.


 

 

    Boshqa yangiliklar