1

Bolalarni oyoq kiyim bilan urgan jizzaxlik tarbiyachiga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 22.06.2024, 16:48
Bolalarni oyoq kiyim bilan urgan jizzaxlik tarbiyachiga jinoyat ishi qo`zg`atildi

2024 yil 20 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda bog`cha tarbiyachisi bolalarni shippak bilan urgani tasvirlangan videolavha tarqalgan edi.

Rasmiylar bolalarni oyoq kiyimi bilan urgan Jizzax viloyati G`allaorol tumanida joylashgan 16-bog`cha tarbiyachisi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingani haqida xabar bergan edi.

Bolalar ombudsmanining ma`lum qilishicha, tarbiyachi K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110- moddasi (qiynash) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1