AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning 4 ta viloyatida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonning 4 ta viloyatida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat  Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37° bo`ladi.

Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar